Yuklanmoqda…
Yuklanmoqda…
Qur'onning kitob shaklida bo'lishini bid'at desa bo'ladimi? Ba'zi domlalar va insonlar, mavlid, me'roj va boshqa kunlarni nishonlashni hamda umuman bid'atlarni tanqid qilib chiqsangiz, "mana Qur'onning ham kitob shaklida yozilishi, bo'lishi ham bir bid'at" deyishadi va faqat yaxshi bid'at deb qilayotgan munkarlarini oqlashadi. Holbuki Qur'onning Al-Baqara surasi ikkinchi oyatida "Ushbu kitobda hech shubha yo'q" deb Qur'onning kitobligi aytilgan va boshqa oyatlarda ham kitob deb keltirilgan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning "Har bir bid'at zalolatdir" degan hadisiga binoan gapirsangiz, bu gaplar bilan o'zlarini oqlashadi.