Yuklanmoqda…
Yuklanmoqda…
Ixlos surasini doimiy o'qiydigan sahobiyning fe'li keladi. Shuni biz sunnat o'laroq olsak bo'ladimi, yoki Bilol roziyallohu anhuning namozdan, tahoratdan so'nggi amalini. Men bu sahobalarning fe'llarini "biz Rasulullohga ergashamiz" deb olamiz, chunki bid'at ahli shuni ham hujjat qiladi: "Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qilmagan, sahobiy yangilik qildi, u zot maqtadi" deb o'zlariga eshik ochishadi. Shu masalada bizning e'tiqodimiz va amal qilishligimiz qanday bo'lishligiga izoh bering. Ahli sunna sahobalarning ra'yi bilan amal qiladi yoki u zotning sukutlari ham olinadi deganga qanday yondashamiz?