Yuklanmoqda…
Yuklanmoqda…
Xabarlarda BAA va Saudiya AQSh va Isroil tarafda ular boshlagan urushga qoʻshilishi mumkinligi tarqalyapti. Bu holat boʻlish ehtimoli qay darajada? Agar bu holat yuzaga kelsa, biz kabi oddiy musulmonlar qanday yoʻl tutishi kerak? Saudiyada muqim yashayotgan tanish-bilishlarimiz koʻp, ular nima qilishlari kerak? Bu urushga qoʻshilish kerakmi yoki qoʻshilsa yahudlar tegirmoniga suv quygan boʻlib qolinadimi? U yerdagi oilali birodarlar ehtiyot shart boshqa yerga koʻchib oʻtish kerakmi? Urush boshlansa uchoqlar uchmasligi mumkin va urush hududidan chiqib ketish qiyinlashishi hamda har xil tartibsizlik, talon-taroj, qaroqchiliklar sabab qiyin holatga tushishlari mumkinmi? Sudanda boʻlayotgan ishlar Arab yarim orolida ham boʻlib ketishi mumkinmi? BAA Sudandagi va musulmon koʻp yerlarda urushlarda musulmonlarga koʻp zulm qilgani uchun, Saudiya esa oʻz vaqtida 2018-yillardami Yamanda sunni-shiani ajratib oʻtirmay oddiy xalqni ham rosa bombalagani uchun, ularga ham Alloh jazoni shu jinsdan bersa, hoʻlu quruq barobar yonishi mumkinmi?