Yuklanmoqda…
Yuklanmoqda…
Ayol kishi eri bilan birga aylangani yoki o'ziga ehtiyoji bor narsani olish uchun ayollar sotadigan do'konlarga borishga haqi yo'qmi? Erim 'nima bo'lsa o'zim olib kelaman' deydi, shu sababdan ko'p tortishib qolamiz. Yillab olib chiqmaydi, faqat mozorga yoki kasalxona bahonasida ko'chaga chiqaman. Er-xotin uchun mo'ljallangan joyga kirib ovqatlanib ketaylik desam, har xil bahonalar qiladi; bo'lmasa puli bor-yo'qligiga qarab hamma narsani aytaman. Sabr qilganim sari, puli bo'lsa ham olib chiqishni istamaydi. Shariatda ayol umrbod uydan chiqmay o'tirsin degan joyi bormi?