Yuklanmoqda…
Yuklanmoqda…
Assalomu alaykum va rahmatulloh. Ustoz, mening 2-3 ta birodarim bor, Alloh ofiyat bersin. Ular doim bir sinovda: baʼzida kasallik bilan, baʼzida moliyaviy va yana doim dini uchun tekshiruvga chaqirishgan, jarima toʻlagan. Oʻzlari ibodatda Allohga hamd aytib davom etishmoqda. Men ularga qarab oʻzimni xuddi neʼmatlarga koʻmilib ketgandek his qilaman, bu dunyoda neʼmati berilib, oxiratda hech vaqo berilmaydigandek. Shu ikkala holatda ham muʼmin kishining oʻrnini tushuntirib bersangiz.