Yuklanmoqda…
Yuklanmoqda…
Ma'lumki, masjidlarda oldi saflarni egallash kerak. Lekin sunnatga ergashish maqsadida masjidlarda farz namozini o'qib, sunnat namozini uyda o'qishni xohlasa, oldi safda turgan holatda masjiddan chiqib ketishning iloji bo'lmaydi. Xususan, juma namozlarida. Shunda nima qilish kerak? Farz namozga taqab kelib, orqa safda turib, so'ng chiqib uyga borib sunnat o'qishmi? Yoki qanday bo'lsa ham oldi safga harakat qilish kerakmi? Ba'zan farzdan keyin odamlar sunnat o'qishga turib ketishsa, men zikr qilib o'tirsam, ichimdan xuddi bir riyo, ujb qilib o'tirgandek his kelaman.