Yuklanmoqda…
Yuklanmoqda…
Men qiz otasi bilan suhbatga borgan edim va suhbatda shunday savol bo'ldiki, 'tajvidni bilasizmi' dedi (Qur'on o'qishni bilasizmi demoqchi) — 'ha' dedim, va 'g'unnali idg'om nima' deb so'radi, men uni bilmayman dedim. Keyin 'o'zimiz sizga xabar beramiz' deb aytishdi. Ozgina vaqt o'tgach so'rasak, 'tajvid bilmas ekanlar' deb aytishibdi. Savolim shuki, Qur'on o'qiyotganda shu qoidalarni ishlata olsak-da, lekin nomlarini bilmasak ziyoni bormi? Va oddiygina tajvid qoidalarini aytib bera olmaganimizni rad javobiga asosiy sabab qilib ko'rsatish qanday bo'ladi?