Yuklanmoqda…
Yuklanmoqda…
Bir odam gunohidan tavba qilib, u gunohni qaytib qilib qo'yishdan qo'rqib, doim qilib qo'ymay deb duo qilib yuraversa, doim qaytib qolishdan qo'rqsa, o'sha gunohini yomon ko'rsa. Lekin tushida doim o'sha gunohni o'z ixtiyori bilan, mamnunlik bilan, xotirjam qilayotganini ko'p marotaba ko'raversa, keyin uyg'onib halovati yo'q yurishiga sabab bo'lyapti, nega o'zini bunday tutganini tushunmasa, buning hukmi nima? Hali u odam chin tavba qilmagani uchun shunday bo'ladimi? Qanday qilib shunday tushlardan qutilsa bo'ladi, chunki o'sha tushlar xuddi o'sha gunohni eslatib, chorlayotgandek bo'ladi. Shu odam uyqudan oldin doim Oyat ul-Kursi va zikrlar aytib yotadi. Yana qanday duolarni yoki amallarni qilishi mumkin?