Yuklanmoqda…
Yuklanmoqda…
Biz Turkiyada yashaymiz. Bu yerda kattayu kichik "UF" degan kalimani juda ham ko'p ishlatadi. Ozgina qiyinchilik bo'lsa ham "uf", va hokazo norozi bo'lgan vaqtlarda "UF" so'zi oddiy, kundalik lug'atlariga kirib qolgan. Har 2-3 so'zining o'rtasida bu kalimani ishlatadi. Men madrasada ishlaganim uchun "bu kalimani ishlatmanglar, bu Allohga noshukrlik bo'ladi, Alloh nimani taqdir qilsa, UF so'zini alhamdulillah so'ziga almashtiringlar, UF so'zi Qur'onda qaytariq bo'lib kelgan" deb aytdim. "Bu kufr, ya'ni noshukrlikka kiradi" desam, ba'zilar "yo'q, bunaqa emas" deb e'tiroz bildirdi. Xullas, UF so'zi kufrga, ya'ni noshukrlikka, Allohning qadariga norozi bo'lishga kiradimi yoki yo'qmi?