حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ الْمُثَنَّى، حَدَّثَنَا الضَّحَّاكُ بْنُ مَخْلَدٍ، حَدَّثَنَا عَبْدُ الرَّحْمَنِ بْنُ وَرْدَانَ، حَدَّثَنِي أَبُو سَلَمَةَ بْنُ عَبْدِ الرَّحْمَنِ، حَدَّثَنِي حُمْرَانُ، قَالَ رَأَيْتُ عُثْمَانَ بْنَ عَفَّانَ تَوَضَّأَ . فَذَكَرَ نَحْوَهُ وَلَمْ يَذْكُرِ الْمَضْمَضَةَ وَالاِسْتِنْشَاقَ وَقَالَ فِيهِ وَمَسَحَ رَأْسَهُ ثَلاَثًا ثُمَّ غَسَلَ رِجْلَيْهِ ثَلاَثًا ثُمَّ قَالَ رَأَيْتُ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم تَوَضَّأَ هَكَذَا وَقَالَ " مَنْ تَوَضَّأَ دُونَ هَذَا كَفَاهُ " . وَلَمْ يَذْكُرْ أَمْرَ الصَّلاَةِ .
Humron aytadi: Men Usmon ibn Affon (roziyallohu anhu)ning tahorat olganini koʻrdim. Soʻng (roviy yuqoridagiga) oʻxshash (hadis)ni zikr qildi, ammo ogʻiz chayish va burunga suv tortishni eslamadi va unda: «(Usmon) boshini uch marta mash qildi, soʻng oyoqlarini uch marta yuvdi», — dedi. Soʻng (Usmon): «Men Rasululloh ﷺ ning shunday tahorat olganlarini koʻrdim», — dedi va: «Rasululloh ﷺ: ‹Kim bundan kamroq (qilib) tahorat olsa, unga kifoya qiladi›, — dedilar», — dedi. (Roviy) namoz haqidagi (qismni) eslamadi.