حَدَّثَنَا مُسَدَّدٌ، وَعَبَّادُ بْنُ مُوسَى، قَالاَ حَدَّثَنَا هُشَيْمٌ، عَنْ يَعْلَى بْنِ عَطَاءٍ، عَنْ أَبِيهِ، - قَالَ عَبَّادٌ - قَالَ أَخْبَرَنِي أَوْسُ بْنُ أَبِي أَوْسٍ الثَّقَفِيُّ، أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم تَوَضَّأَ وَمَسَحَ عَلَى نَعْلَيْهِ وَقَدَمَيْهِ . وَقَالَ عَبَّادٌ رَأَيْتُ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم أَتَى كِظَامَةَ قَوْمٍ - يَعْنِي الْمِيضَأَةَ وَلَمْ يَذْكُرْ مُسَدَّدٌ الْمِيضَأَةَ وَالْكِظَامَةَ ثُمَّ اتَّفَقَا - فَتَوَضَّأَ وَمَسَحَ عَلَى نَعْلَيْهِ وَقَدَمَيْهِ .
Avs ibn Abu Avs as-Saqafiy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ tahorat oldilar va kavushlari hamda oyoqlari ustiga mash tortdilar. Abbod (rivoyatida) dedi: Men Rasululloh ﷺ ning bir qavmning «kizoma»siga — yaʼni tahorat (olinadigan) joyiga — kelganlarini koʻrdim — Musaddad «miyzaa» va «kizoma» (soʻzlarini) eslamadi, soʻng ikkalasi (rivoyatda) muvofiq boʻlishdi — «(U zot) tahorat oldilar va kavushlari hamda oyoqlari ustiga mash tortdilar».