حَدَّثَنَا مُسَدَّدٌ، حَدَّثَنَا مُلاَزِمُ بْنُ عَمْرٍو الْحَنَفِيُّ، حَدَّثَنَا عَبْدُ اللَّهِ بْنُ بَدْرٍ، عَنْ قَيْسِ بْنِ طَلْقٍ، عَنْ أَبِيهِ، قَالَ قَدِمْنَا عَلَى نَبِيِّ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم فَجَاءَ رَجُلٌ كَأَنَّهُ بَدَوِيٌّ فَقَالَ يَا نَبِيَّ اللَّهِ مَا تَرَى فِي مَسِّ الرَّجُلِ ذَكَرَهُ بَعْدَ مَا يَتَوَضَّأُ فَقَالَ " هَلْ هُوَ إِلاَّ مُضْغَةٌ مِنْهُ " . أَوْ قَالَ - " بَضْعَةٌ مِنْهُ " . قَالَ أَبُو دَاوُدَ رَوَاهُ هِشَامُ بْنُ حَسَّانَ وَسُفْيَانُ الثَّوْرِيُّ وَشُعْبَةُ وَابْنُ عُيَيْنَةَ وَجَرِيرٌ الرَّازِيُّ عَنْ مُحَمَّدِ بْنِ جَابِرٍ عَنْ قَيْسِ بْنِ طَلْقٍ .
Talq ibn Ali (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Biz Allohning Paygʻambari ﷺ ning oldilariga keldik. Shunda goʻyo badaviy (sahroyi)ga oʻxshagan bir kishi kelib: «Ey Allohning Paygʻambari, tahorat olgandan keyin kishining oʻz zakarini (avratini) ushlashi haqida nima deysiz?» — dedi. U zot: «U (zakar) faqat oʻzidan (badanidan) bir parcha (boʻlak)dir», — dedilar. Abu Dovud aytdi: Buni Hishom ibn Hasson, Sufyon Savriy, Shuʼba, Ibn Uyayna va Jarir ar-Roziy Muhammad ibn Jobirdan, u Qays ibn Talqdan rivoyat qilishgan.