حَدَّثَنَا قُتَيْبَةُ بْنُ سَعِيدٍ، حَدَّثَنَا حَمَّادُ بْنُ خَالِدٍ الْخَيَّاطُ، حَدَّثَنَا عَبْدُ اللَّهِ الْعُمَرِيُّ، عَنْ عُبَيْدِ اللَّهِ، عَنِ الْقَاسِمِ، عَنْ عَائِشَةَ، قَالَتْ سُئِلَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم عَنِ الرَّجُلِ يَجِدُ الْبَلَلَ وَلاَ يَذْكُرُ احْتِلاَمًا قَالَ " يَغْتَسِلُ " . وَعَنِ الرَّجُلِ يَرَى أَنَّهُ قَدِ احْتَلَمَ وَلاَ يَجِدُ الْبَلَلَ قَالَ " لاَ غُسْلَ عَلَيْهِ " . فَقَالَتْ أُمُّ سُلَيْمٍ الْمَرْأَةُ تَرَى ذَلِكَ أَعَلَيْهَا غُسْلٌ قَالَ " نَعَمْ إِنَّمَا النِّسَاءُ شَقَائِقُ الرِّجَالِ " .
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ dan hoʻllik koʻrgan, ammo (tushida) ehtilom (boʻlganini) eslamagan kishi haqida soʻralganda, u zot: «U gʻusl qilsin», — dedilar. Tushida ehtilom koʻrganini eslagan, ammo hoʻllik topmagan kishi haqida (soʻralganda): «Unga gʻusl (lozim) emas», — dedilar. Shunda Umm Sulaym: «Ayol shuni koʻrsa, unga gʻusl (lozim) boʻladimi?» — dedi. U zot: «Ha; ayollar — erkaklarning (xuddi) egizak (juftlari)dir», — dedilar.