حَدَّثَنَا الْحَسَنُ بْنُ عَلِيٍّ، حَدَّثَنَا سُلَيْمَانُ بْنُ حَرْبٍ، حَدَّثَنَا حَمَّادٌ، عَنْ هِشَامٍ، عَنِ ابْنِ سِيرِينَ، عَنْ عَائِشَةَ، أَنَّ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم كَانَ لاَ يُصَلِّي فِي مَلاَحِفِنَا . قَالَ حَمَّادٌ وَسَمِعْتُ سَعِيدَ بْنَ أَبِي صَدَقَةَ قَالَ سَأَلْتُ مُحَمَّدًا عَنْهُ فَلَمْ يُحَدِّثْنِي وَقَالَ سَمِعْتُهُ مُنْذُ زَمَانٍ وَلاَ أَدْرِي مِمَّنْ سَمِعْتُهُ وَلاَ أَدْرِي أَسَمِعْتُهُ مِنْ ثَبَتٍ أَوْ لاَ فَسَلُوا عَنْهُ .
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadiki, Paygʻambar ﷺ bizning yopinchiqlarimizda namoz oʻqimas edilar. Hammod dedi: «Said ibn Abu Sadaqaning shunday deganini eshitdim: Men Muhammad (ibn Siyrin)dan bu haqda soʻradim. U menga (toʻliq) rivoyat qilib bermadi va: ‹Buni allaqachon eshitganman, kimdan eshitganimni bilmayman, ishonchli kishidan eshitganmanmi yoki yoʻqmi, buni ham bilmayman, shuning uchun bu haqda (boshqadan) soʻranglar›, dedi.»