حَدَّثَنَا مُوسَى بْنُ إِسْمَاعِيلَ، حَدَّثَنَا حَمَّادٌ، حَدَّثَنَا سَلَمَةُ بْنُ كُهَيْلٍ، بِإِسْنَادِهِ وَمَعْنَاهُ قَالَ فِي التَّعْرِيفِ قَالَ عَامَيْنِ أَوْ ثَلاَثَةً . وَقَالَ " اعْرِفْ عَدَدَهَا وَوِعَاءَهَا وَوِكَاءَهَا " . زَادَ " فَإِنْ جَاءَ صَاحِبُهَا فَعَرَفَ عَدَدَهَا وَوِكَاءَهَا فَادْفَعْهَا إِلَيْهِ " . قَالَ أَبُو دَاوُدَ لَيْسَ يَقُولُ هَذِهِ الْكَلِمَةَ إِلاَّ حَمَّادٌ فِي هَذَا الْحَدِيثِ يَعْنِي " فَعَرَفَ عَدَدَهَا " .
Salama ibn Kuhayldan oʻz isnodi bilan shu maʼnoda rivoyat qilingan. (Unda) eʼlon qilish haqida: «Ikki yil yoki uch yil», dedi. Va: «Uning sonini, idishini va bogʻichini bilib (yodlab) qoʻy», dedi. Hamda (quyidagini) ziyoda qildi: «Agar egasi kelib, uning sonini va bogʻichini taniydigan boʻlsa, uni oʻshanga topshir.» Abu Dovud aytdi: Bu hadisda «uning sonini taniydigan boʻlsa» degan soʻzni faqat Hammod aytadi, xolos.