حَدَّثَنَا ابْنُ السَّرْحِ، حَدَّثَنَا ابْنُ وَهْبٍ، أَخْبَرَنِي مَالِكٌ، بِإِسْنَادِهِ وَمَعْنَاهُ زَادَ " سِقَاؤُهَا تَرِدُ الْمَاءَ وَتَأْكُلُ الشَّجَرَ " . وَلَمْ يَقُلْ " خُذْهَا " . فِي ضَالَّةِ الشَّاءِ وَقَالَ فِي اللُّقَطَةِ " عَرِّفْهَا سَنَةً فَإِنْ جَاءَ صَاحِبُهَا وَإِلاَّ فَشَأْنَكَ بِهَا " . وَلَمْ يَذْكُرِ " اسْتَنْفِقْ " . قَالَ أَبُو دَاوُدَ رَوَاهُ الثَّوْرِيُّ وَسُلَيْمَانُ بْنُ بِلاَلٍ وَحَمَّادُ بْنُ سَلَمَةَ عَنْ رَبِيعَةَ مِثْلَهُ لَمْ يَقُولُوا " خُذْهَا " .
Molikdan oʻz isnodi bilan shu maʼnoda rivoyat qilingan. (Unda u): «Uning oʻz suvi (qorni) bor: suvga boradi va daraxtdan (oʻt-oʻlandan) yeydi», deb ziyoda qildi. Va adashgan qoʻy haqida: «Uni ol», demadi. Topib olingan narsa haqida esa: «Uni bir yil eʼlon qil. Agar egasi kelib qolsa (oʻziga ber), aks holda oʻzing ixtiyoring bilan tasarruf qil», dedi. «Undan foydalan» soʻzini esa zikr qilmadi. Abu Dovud aytdi: Buni Savriy, Sulaymon ibn Bilol va Hammod ibn Salama Rabiʼadan shunga oʻxshash rivoyat qilishgan; ular «Uni ol» demaganlar.