حَدَّثَنَا عَمْرُو بْنُ عَوْنٍ، أَخْبَرَنَا خَالِدٌ، عَنْ أَبِي حَيَّانَ التَّيْمِيِّ، عَنِ الْمُنْذِرِ بْنِ جَرِيرٍ، قَالَ كُنْتُ مَعَ جَرِيرٍ بِالْبَوَازِيجِ فَجَاءَ الرَّاعِي بِالْبَقَرِ وَفِيهَا بَقَرَةٌ لَيْسَتْ مِنْهَا فَقَالَ لَهُ جَرِيرٌ مَا هَذِهِ قَالَ لَحِقَتْ بِالْبَقَرِ لاَ نَدْرِي لِمَنْ هِيَ . فَقَالَ جَرِيرٌ أَخْرِجُوهَا فَقَدْ سَمِعْتُ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم يَقُولُ " لاَ يَأْوِي الضَّالَّةَ إِلاَّ ضَالٌّ " .
Munzir ibn Jarir (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadi: Men Javozijda Jarir (roziyallohu anhu) bilan birga edim. Choʻpon mollarni (sigirlarni) olib keldi, ular orasida ulardan boʻlmagan bitta sigir bor edi. Jarir unga: «Bu nima?» dedi. (Choʻpon): «U mollarga qoʻshilib qolibdi, kimniki ekanini bilmaymiz», dedi. Shunda Jarir: «Uni (suruvdan) chiqarib yuboringlar, chunki men Rasululloh ﷺ ning: ‹Adashgan (mol)ni faqat adashgan (kishi) oʻziga oladi›, deganlarini eshitganman», dedi.