حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ بَشَّارٍ، حَدَّثَنَا حَمَّادُ بْنُ مَسْعَدَةَ، حَدَّثَنَا ابْنُ أَبِي ذِئْبٍ، عَنْ عَطَاءِ بْنِ أَبِي رَبَاحٍ، عَنْ عُبَيْدِ بْنِ عُمَيْرٍ، عَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ عَبَّاسٍ، أَنَّ النَّاسَ، فِي أَوَّلِ الْحَجِّ كَانُوا يَتَبَايَعُونَ بِمِنًى وَعَرَفَةَ وَسُوقِ ذِي الْمَجَازِ وَمَوَاسِمِ الْحَجِّ فَخَافُوا الْبَيْعَ وَهُمْ حُرُمٌ فَأَنْزَلَ اللَّهُ سُبْحَانَهُ { لَيْسَ عَلَيْكُمْ جُنَاحٌ أَنْ تَبْتَغُوا فَضْلاً مِنْ رَبِّكُمْ } فِي مَوَاسِمِ الْحَجِّ . قَالَ فَحَدَّثَنِي عُبَيْدُ بْنُ عُمَيْرٍ أَنَّهُ كَانَ يَقْرَأُهَا فِي الْمُصْحَفِ .
Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Odamlar haj boshlanganida Minoda, Arafotda, Zul-Majoz bozorida va haj mavsumlarida oʻzaro oldi-sotdi qilar edilar. Soʻng ular ehromda boʻlgan holatlarida savdo qilishdan qoʻrqdilar. Shunda Subhonu taolo Alloh haj mavsumlari haqida {Robbingizdan fazl (rizq) istashingizda sizlarga gunoh yoʻq} (Baqara 198) oyatini nozil qildi. (Rovi) aytdi: Menga Ubayd ibn Umayr rivoyat qildiki, u (Ibn Abbos roziyallohu anhumo) buni mushafda ‹haj mavsumlarida› deb oʻqir edi.