حَدَّثَنَا أَحْمَدُ بْنُ حَنْبَلٍ، حَدَّثَنَا سُفْيَانُ بْنُ عُيَيْنَةَ، عَنْ إِبْرَاهِيمَ بْنِ عُقْبَةَ، عَنْ كُرَيْبٍ، عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ، قَالَ كَانَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم بِالرَّوْحَاءِ فَلَقِيَ رَكْبًا فَسَلَّمَ عَلَيْهِمْ فَقَالَ " مَنِ الْقَوْمُ " . فَقَالُوا الْمُسْلِمُونَ . فَقَالُوا فَمَنْ أَنْتُمْ قَالُوا رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم . فَفَزِعَتِ امْرَأَةٌ فَأَخَذَتْ بِعَضُدِ صَبِيٍّ فَأَخْرَجَتْهُ مِنْ مِحَفَّتِهَا فَقَالَتْ يَا رَسُولَ اللَّهِ هَلْ لِهَذَا حَجٌّ قَالَ " نَعَمْ وَلَكِ أَجْرٌ " .
Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ Ravho degan joyda edilar. (Yoʻlda) bir guruh otliqlarga duch keldilar va ularga salom berib: «Bu qaysi qavm?» dedilar. Ular: «Musulmonlarmiz», dedilar. Soʻng (otliqlar): «Sizlar kimsizlar?» deyishdi. (Sahobalar): «Bu — Rasululloh ﷺ», deyishdi. Shunda bir ayol shoshib qoldi-da, bir bolaning bilagidan ushlab, uni kajavasidan koʻtarib chiqarib: «Yo Rasululloh, bu (bola) uchun ham haj boʻladimi?» dedi. U zot: «Ha, sen uchun ham ajr bordir», dedilar.