حَدَّثَنَا سُلَيْمَانُ بْنُ حَرْبٍ، حَدَّثَنَا حَمَّادٌ، عَنْ عَمْرِو بْنِ دِينَارٍ، عَنْ طَاوُسٍ، عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ، وَعَنِ ابْنِ طَاوُسٍ، عَنْ أَبِيهِ، قَالاَ وَقَّتَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم بِمَعْنَاهُ قَالَ أَحَدُهُمَا وَلأَهْلِ الْيَمَنِ يَلَمْلَمَ . وَقَالَ أَحَدُهُمَا أَلَمْلَمَ قَالَ " فَهُنَّ لَهُمْ وَلِمَنْ أَتَى عَلَيْهِنَّ مِنْ غَيْرِ أَهْلِهِنَّ مِمَّنْ كَانَ يُرِيدُ الْحَجَّ وَالْعُمْرَةَ وَمَنْ كَانَ دُونَ ذَلِكَ . - قَالَ ابْنُ طَاوُسٍ - مِنْ حَيْثُ أَنْشَأَ قَالَ وَكَذَلِكَ حَتَّى أَهْلُ مَكَّةَ يُهِلُّونَ مِنْهَا " .
Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ miqotlarni belgiladilar — deb shu maʼnodagi hadis aytildi. Ulardan biri: «Yaman ahli uchun Yalamlamni», dedi, yana biri: «Alamlamni», dedi. (U zot): «Bu (joylar) oʻsha (mintaqa) ahli uchun va haj hamda umra qilmoqchi boʻlib, oʻsha joylar orqali oʻtadigan boshqa mintaqa ahli uchun ham miqotdir. Kim ulardan beriroqda boʻlsa, — Ibn Tovus aytadi: — oʻzi (ehrom) boshlagan joydan (ehrom bogʻlaydi). Shunday, hatto Makka ahli ham oʻsha joydan ehrom bogʻlaydilar», dedilar.