حَدَّثَنَا الْقَعْنَبِيُّ عَبْدُ اللَّهِ بْنُ مَسْلَمَةَ، عَنْ مَالِكٍ، عَنْ أَبِي الأَسْوَدِ، مُحَمَّدِ بْنِ عَبْدِ الرَّحْمَنِ بْنِ نَوْفَلٍ عَنْ عُرْوَةَ بْنِ الزُّبَيْرِ، عَنْ عَائِشَةَ، زَوْجِ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم قَالَتْ خَرَجْنَا مَعَ رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم عَامَ حَجَّةِ الْوَدَاعِ فَمِنَّا مَنْ أَهَلَّ بِعُمْرَةٍ وَمِنَّا مَنْ أَهَلَّ بِحَجٍّ وَعُمْرَةٍ وَمِنَّا مَنْ أَهَلَّ بِالْحَجِّ وَأَهَلَّ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم بِالْحَجِّ فَأَمَّا مَنْ أَهَلَّ بِالْحَجِّ أَوْ جَمَعَ الْحَجَّ وَالْعُمْرَةَ فَلَمْ يَحِلُّوا حَتَّى كَانَ يَوْمُ النَّحْرِ .
al-Qaʼnabiy Abdulloh ibn Maslama bizga Molikdan, u Abul-Asvad Muhammad ibn Abdurrahmon ibn Navfaldan, u Urva ibn az-Zubayrdan, u Nabiy ﷺ ning zavjalari Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qildi. U shunday dedi: Biz Vidoʼ haji yilida Rasululloh ﷺ bilan (yoʻlga) chiqdik. Bizdan baʼzimiz umraga niyat qilib talbiya aytdik, baʼzimiz hajga ham, umraga ham talbiya aytdik, baʼzimiz hajga talbiya aytdik. Rasululloh ﷺ esa hajga talbiya aytdilar. Hajga talbiya aytgan yoki hajni umra bilan birga niyat qilganlar, nahr kuni (qurbonlik kuni) kelguniga qadar ihromdan chiqmadilar.