حَدَّثَنَا أَحْمَدُ بْنُ حَنْبَلٍ، حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ جَعْفَرٍ، حَدَّثَنَا شُعْبَةُ، عَنْ أَبِي إِسْحَاقَ، قَالَ سَمِعْتُ الْبَرَاءَ، يَقُولُ لَمَّا صَالَحَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم أَهْلَ الْحُدَيْبِيَةِ صَالَحَهُمْ عَلَى أَنْ لاَ يَدْخُلُوهَا إِلاَّ بِجُلْبَانِ السِّلاَحِ فَسَأَلْتُهُ مَا جُلْبَانُ السِّلاَحِ قَالَ الْقِرَابُ بِمَا فِيهِ .
Baro ibn Ozib (roziyallohu anhu) aytadilar: Rasululloh ﷺ Hudaybiya ahli bilan sulh tuzganlarida, ular bilan u yerga (Makkaga) faqat julbonus-siloh (qurol-yarogʻ gʻilofi) bilangina kirishlari sharti ustida sulh tuzdilar. Men undan: «Julbonus-siloh nima?» deb soʻradim. U: «Ichidagi narsasi bilan qoʻyilgan qin (gʻilof)», dedi.