حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ سُلَيْمَانَ الأَنْبَارِيُّ، حَدَّثَنَا يَحْيَى بْنُ سُلَيْمٍ، عَنِ ابْنِ خُثَيْمٍ، عَنْ أَبِي الطُّفَيْلِ، عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ، أَنَّ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم اضْطَبَعَ فَاسْتَلَمَ وَكَبَّرَ ثُمَّ رَمَلَ ثَلاَثَةَ أَطْوَافٍ وَكَانُوا إِذَا بَلَغُوا الرُّكْنَ الْيَمَانِيَ وَتَغَيَّبُوا مِنْ قُرَيْشٍ مَشَوْا ثُمَّ يَطْلُعُونَ عَلَيْهِمْ يَرْمُلُونَ تَقُولُ قُرَيْشٌ كَأَنَّهُمُ الْغِزْلاَنُ قَالَ ابْنُ عَبَّاسٍ فَكَانَتْ سُنَّةً .
Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadiki, Paygʻambar ﷺ izor (ridosi)ning bir uchini oʻng qoʻltiqlari ostidan oʻtkazib (chap yelkalariga tashlab, oʻng yelkalarini ochiq qoldirib) izdiboʼ qildilar, soʻng (Hajar-ul Asvad) burchakni istilom qildilar (qoʻl tegizdilar) va takbir aytdilar, soʻng uch marta ramal qilib (tavof) aylandilar. (Sahobalar) Yamaniy burchakka yetib, Qurayshdan koʻrinmay qolganlarida oddiy yurar edilar, soʻng (Quraysh) koʻradigan joyga chiqqanlarida ramal qilib (chaqqon) yurar edilar. Quraysh: «Ular xuddi (sakrab yurgan) kiyiklarga oʻxshaydi», der edi. Ibn Abbos (roziyallohu anhumo): «Shundan keyin bu sunnat boʻlib qoldi», dedilar.