حَدَّثَنَا مُسَدَّدٌ، حَدَّثَنَا عِيسَى بْنُ يُونُسَ، حَدَّثَنَا الْمُثَنَّى بْنُ الصَّبَّاحِ، عَنْ عَمْرِو بْنِ شُعَيْبٍ، عَنْ أَبِيهِ، قَالَ طُفْتُ مَعَ عَبْدِ اللَّهِ فَلَمَّا جِئْنَا دُبَرَ الْكَعْبَةِ قُلْتُ أَلاَ تَتَعَوَّذُ . قَالَ نَعُوذُ بِاللَّهِ مِنَ النَّارِ . ثُمَّ مَضَى حَتَّى اسْتَلَمَ الْحَجَرَ وَأَقَامَ بَيْنَ الرُّكْنِ وَالْبَابِ فَوَضَعَ صَدْرَهُ وَوَجْهَهُ وَذِرَاعَيْهِ وَكَفَّيْهِ هَكَذَا وَبَسَطَهُمَا بَسْطًا ثُمَّ قَالَ هَكَذَا رَأَيْتُ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم يَفْعَلُهُ .
Amr ibn Shuʼayb otasidan rivoyat qilib aytadilar: «Men Abdulloh (ibn Amr) bilan birga tavof qildim. Kaʼbaning orqa tomoniga kelganimizda men: ‹(Allohdan) panoh soʻramaysizmi?› dedim. U: ‹Doʻzaxdan Allohdan panoh soʻraymiz›, dedi. Soʻng (oldinga) yurib, Hajar(-ul Asvad)ni istilom qildi va (Hajar-ul Asvad) burchagi bilan eshik orasida turdi-da, koʻkragini, yuzini, ikki bilagini va ikki kaftini mana shunday qoʻyib, ularni yoyib qoʻydi, soʻng: ‹Men Rasululloh ﷺni shunday qilayotganlarini koʻrdim›, dedi».