حَدَّثَنَا مُسَدَّدٌ، حَدَّثَنَا خَالِدُ بْنُ عَبْدِ اللَّهِ، حَدَّثَنَا إِسْمَاعِيلُ بْنُ أَبِي خَالِدٍ، عَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ أَبِي أَوْفَى، أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم اعْتَمَرَ فَطَافَ بِالْبَيْتِ وَصَلَّى خَلْفَ الْمَقَامِ رَكْعَتَيْنِ وَمَعَهُ مَنْ يَسْتُرُهُ مِنَ النَّاسِ فَقِيلَ لِعَبْدِ اللَّهِ أَدَخَلَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم الْكَعْبَةَ قَالَ لاَ .
Abdulloh ibn Abu Avfo (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadiki, Rasululloh ﷺ umra qildilar va Bayt (Kaʼba)ni tavof qilib, Maqom (Ibrohim) orqasida ikki rakʼat (namoz) oʻqidilar. U zotning yonlarida oʻzlarini (odamlardan) toʻsib turadigan kishilar bor edi. Abdullohdan: «Rasululloh ﷺ Kaʼba ichiga kirdilarmi?» deb soʻralganida, u: «Yoʻq», dedi.