حَدَّثَنَا ابْنُ الْعَلاَءِ، حَدَّثَنَا أَبُو أُسَامَةَ، عَنْ إِسْمَاعِيلَ، عَنْ أَبِي إِسْحَاقَ، عَنْ سَعِيدِ بْنِ جُبَيْرٍ، قَالَ أَفَضْنَا مَعَ ابْنِ عُمَرَ فَلَمَّا بَلَغْنَا جَمْعًا صَلَّى بِنَا الْمَغْرِبَ وَالْعِشَاءَ بِإِقَامَةٍ وَاحِدَةٍ ثَلاَثًا وَاثْنَتَيْنِ فَلَمَّا انْصَرَفَ قَالَ لَنَا ابْنُ عُمَرَ هَكَذَا صَلَّى بِنَا رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم فِي هَذَا الْمَكَانِ .
Saʼid ibn Jubayr (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadi. U: «Ibn Umar (roziyallohu anhumo) bilan birga (Arafotdan) qaytdik. Jamʼga (Muzdalifaga) yetib kelganimizda, u bizga shom va xufton namozlarini bitta iqomat bilan, uch rakaat va ikki rakaat qilib oʻqib berdi. Namozdan farigʻ boʻlgach, Ibn Umar (roziyallohu anhumo) bizga: ‹Rasululloh ﷺ ham shu joyda bizga mana shunday namoz oʻqib bergan edilar›, dedi», dedi.