حَدَّثَنَا مُسَدَّدٌ، حَدَّثَنَا إِسْمَاعِيلُ، حَدَّثَنَا أَيُّوبُ، عَنْ مُحَمَّدٍ، عَنِ ابْنِ أَبِي بَكْرَةَ، عَنْ أَبِي بَكْرَةَ، أَنَّ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم خَطَبَ فِي حَجَّتِهِ فَقَالَ " إِنَّ الزَّمَانَ قَدِ اسْتَدَارَ كَهَيْئَتِهِ يَوْمَ خَلَقَ اللَّهُ السَّمَوَاتِ وَالأَرْضَ السَّنَةُ اثْنَا عَشَرَ شَهْرًا مِنْهَا أَرْبَعَةٌ حُرُمٌ ثَلاَثٌ مُتَوَالِيَاتٌ ذُو الْقَعْدَةِ وَ ذُو الْحِجَّةِ وَالْمُحَرَّمُ وَرَجَبُ مُضَرَ الَّذِي بَيْنَ جُمَادَى وَشَعْبَانَ " .
Abu Bakra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadiki, Nabiy ﷺ oʻz hajlarida xutba qilib, shunday dedilar: «Albatta, zamon Alloh osmonlar va yerni yaratgan kundagi holatiga qaytib aylandi. Yil oʻn ikki oydan iborat boʻlib, ulardan toʻrttasi haromdir: uchtasi ketma-ketdir — Zulqaʼda, Zulhijja va Muharram, hamda Jumodo bilan Shaʼbon orasidagi Muzar (qabilasining) Rajabidir».