حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ بَشَّارٍ، حَدَّثَنَا أَبُو عَاصِمٍ، حَدَّثَنَا رَبِيعَةُ بْنُ عَبْدِ الرَّحْمَنِ بْنِ حِصْنٍ، حَدَّثَتْنِي جَدَّتِي، سَرَّاءُ بِنْتُ نَبْهَانَ - وَكَانَتْ رَبَّةَ بَيْتٍ فِي الْجَاهِلِيَّةِ - قَالَتْ خَطَبَنَا رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم يَوْمَ الرُّءُوسِ فَقَالَ " أَىُّ يَوْمٍ هَذَا " . قُلْنَا اللَّهُ وَرَسُولُهُ أَعْلَمُ قَالَ " أَلَيْسَ أَوْسَطَ أَيَّامِ التَّشْرِيقِ " . قَالَ أَبُو دَاوُدَ وَكَذَلِكَ قَالَ عَمُّ أَبِي حُرَّةَ الرَّقَاشِيِّ إِنَّهُ خَطَبَ أَوْسَطَ أَيَّامِ التَّشْرِيقِ .
Sarro binti Nabhon (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi — u johiliyat davrida bir maʼbadning bekasi edi. U: «Rasululloh ﷺ bizga (qurbonlik bayramining ikkinchi kuni boʻlmish) ‹yavmur-ruus› kuni xutba qilib: ‹Bu qaysi kun?› dedilar. Biz: ‹Alloh va Uning Rasuli yaxshiroq biluvchidir›, dedik. U zot: ‹Bu tashriq kunlarining oʻrtasi emasmi?› dedilar», deb aytdi. Abu Dovud aytdi: Abu Hurra ar-Raqoshiyning amakisi ham xuddi shunday: u zot tashriq kunlarining oʻrtasida xutba qildilar, degan.