حَدَّثَنَا مُوسَى بْنُ إِسْمَاعِيلَ، حَدَّثَنَا حَمَّادٌ، عَنْ أَيُّوبَ، عَنِ الزُّهْرِيِّ، أَنَّ عُثْمَانَ بْنَ عَفَّانَ، أَتَمَّ الصَّلاَةَ بِمِنًى مِنْ أَجْلِ الأَعْرَابِ لأَنَّهُمْ كَثُرُوا عَامَئِذٍ فَصَلَّى بِالنَّاسِ أَرْبَعًا لِيُعْلِمَهُمْ أَنَّ الصَّلاَةَ أَرْبَعٌ .
Zuhriy (rahimahulloh)dan rivoyat qilinishicha: Usmon ibn Affon (roziyallohu anhu) Minoda namozni toʻliq (toʻrt rakat) oʻqidi, badaviy arablar sababli, chunki ular oʻsha yili koʻp boʻlgan edilar. Shunda u odamlarga toʻrt rakat oʻqib berdi, toki ularga namoz toʻrt rakat ekanini bildirsin.