حَدَّثَنَا إِبْرَاهِيمُ بْنُ مَهْدِيٍّ، حَدَّثَنِي عَلِيُّ بْنُ مُسْهِرٍ، عَنْ يَزِيدَ بْنِ أَبِي زِيَادٍ، أَخْبَرَنَا سُلَيْمَانُ بْنُ عَمْرِو بْنِ الأَحْوَصِ، عَنْ أُمِّهِ، قَالَتْ رَأَيْتُ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم يَرْمِي الْجَمْرَةَ مِنْ بَطْنِ الْوَادِي وَهُوَ رَاكِبٌ يُكَبِّرُ مَعَ كُلِّ حَصَاةٍ وَرَجُلٌ مِنْ خَلْفِهِ يَسْتُرُهُ فَسَأَلْتُ عَنِ الرَّجُلِ فَقَالُوا الْفَضْلُ بْنُ الْعَبَّاسِ وَازْدَحَمَ النَّاسُ فَقَالَ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم " يَا أَيُّهَا النَّاسُ لاَ يَقْتُلْ بَعْضُكُمْ بَعْضًا وَإِذَا رَمَيْتُمُ الْجَمْرَةَ فَارْمُوا بِمِثْلِ حَصَى الْخَذْفِ " .
Sulaymon ibn Amr ibn al-Ahvas (rahimahulloh) onasi (roziyallohu anho)dan rivoyat qiladi. U: Men Rasululloh ﷺ vodiy ichidan, ulov ustida turgan holda, har bir tosh bilan takbir aytib, jamraga tosh otayotganlarini koʻrdim. Bir kishi ortlaridan turib u zotni (odamlardan) toʻsib turardi. Men u kishi haqida soʻradim. Ular: «U Fazl ibn Abbosdir», dedilar. Odamlar tiqilinch qildilar. Shunda Paygʻambar ﷺ: «Ey odamlar, bir-biringizni oʻldirmanglar; jamraga tosh otsangiz, barmoq orasidagi mayda toshlardek (tosh) bilan otinglar», dedilar.