حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ الْعَلاَءِ، حَدَّثَنَا حَفْصٌ، عَنْ هِشَامٍ، عَنِ ابْنِ سِيرِينَ، عَنْ أَنَسِ بْنِ مَالِكٍ، أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم رَمَى جَمْرَةَ الْعَقَبَةِ يَوْمَ النَّحْرِ ثُمَّ رَجَعَ إِلَى مَنْزِلِهِ بِمِنًى فَدَعَا بِذِبْحٍ فَذُبِحَ ثُمَّ دَعَا بِالْحَلاَّقِ فَأَخَذَ بِشِقِّ رَأْسِهِ الأَيْمَنِ فَحَلَقَهُ فَجَعَلَ يَقْسِمُ بَيْنَ مَنْ يَلِيهِ الشَّعْرَةَ وَالشَّعْرَتَيْنِ ثُمَّ أَخَذَ بِشِقِّ رَأْسِهِ الأَيْسَرِ فَحَلَقَهُ ثُمَّ قَالَ " هَا هُنَا أَبُو طَلْحَةَ " . فَدَفَعَهُ إِلَى أَبِي طَلْحَةَ .
Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadiki, Rasululloh ﷺ nahr (qurbonlik) kuni Jamratul-Aqabaga tosh otdilar. Soʻngra Minodagi manzillariga qaytib, qurbonlik (soʻyiladigan hayvon)ni olib kelishni buyurdilar va u soʻyildi. Keyin sartaroshni chaqirib, boshlarining oʻng tomonini tutib, uni qirdirdilar. Soʻng yonlaridagi kishilarga bir-ikki tukdan boʻlib bera boshladilar. Keyin boshlarining chap tomonini tutib, uni ham qirdirdilar. Soʻngra: «Abu Talha shu yerdami?» dedilar va uni (sochlarini) Abu Talhaga berdilar.