حَدَّثَنَا نَصْرُ بْنُ عَلِيٍّ، أَخْبَرَنَا يَزِيدُ بْنُ زُرَيْعٍ، أَخْبَرَنَا خَالِدٌ، عَنْ عِكْرِمَةَ، عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ، أَنَّ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم كَانَ يُسْأَلُ يَوْمَ مِنًى فَيَقُولُ " لاَ حَرَجَ " . فَسَأَلَهُ رَجُلٌ فَقَالَ إِنِّي حَلَقْتُ قَبْلَ أَنْ أَذْبَحَ . قَالَ " اذْبَحْ وَلاَ حَرَجَ " . قَالَ إِنِّي أَمْسَيْتُ وَلَمْ أَرْمِ . قَالَ " ارْمِ وَلاَ حَرَجَ " .
Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadiki, Paygʻambar ﷺdan Mino kunida (haj amallari haqida) soʻralar edi, u zot: «Hech qanday harj (gunoh) yoʻq», der edilar. Bir kishi u zotdan soʻrab: «Men soʻyishdan oldin (sochimni) qirdirdim», dedi. U zot: «Soʻy, harj yoʻq», dedilar. (Yana) u: «Kech kirdi-yu, men hali tosh otmadim», dedi. U zot: «Tosh ot, harj yoʻq», dedilar.