حَدَّثَنَا هَنَّادُ بْنُ السَّرِيِّ، عَنِ ابْنِ أَبِي زَائِدَةَ، حَدَّثَنَا ابْنُ جُرَيْجٍ، وَمُحَمَّدُ بْنُ إِسْحَاقَ، عَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ طَاوُسٍ، عَنْ أَبِيهِ، عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ، قَالَ وَاللَّهِ مَا أَعْمَرَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم عَائِشَةَ فِي ذِي الْحِجَّةِ إِلاَّ لِيَقْطَعَ بِذَلِكَ أَمْرَ أَهْلِ الشِّرْكِ فَإِنَّ هَذَا الْحَىَّ مِنْ قُرَيْشٍ وَمَنْ دَانَ دِينَهُمْ كَانُوا يَقُولُونَ إِذَا عَفَا الْوَبَرْ وَبَرَأَ الدَّبَرْ وَدَخَلَ صَفَرْ فَقَدْ حَلَّتِ الْعُمْرَةُ لِمَنِ اعْتَمَرْ . فَكَانُوا يُحَرِّمُونَ الْعُمْرَةَ حَتَّى يَنْسَلِخَ ذُو الْحِجَّةِ وَالْمُحَرَّمُ .
Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: U: «Vallohi, Rasululloh ﷺ Oishani Zulhijja oyida umra qildirgani faqat shu bilan mushriklarning odatini bekor qilish uchun edi. Chunki Qurayshning bu qabilasi va ularning diniga ergashganlar: ‹Tuyaning yungi qaytadan oʻsib chiqsa, (tuyalarning) oʻrkachidagi yara tuzalsa va Safar oyi kirsa, umra qiluvchi uchun umra (qilish) halol boʻladi› der edilar. Shunday qilib ular Zulhijja va Muharram oylari oʻtib ketmaguncha umra qilishni harom (deb) hisoblar edilar», dedi.