حَدَّثَنَا وَهْبُ بْنُ بَقِيَّةَ، عَنْ خَالِدٍ، عَنْ أَفْلَحَ، عَنِ الْقَاسِمِ، عَنْ عَائِشَةَ، - رضى الله عنها - قَالَتْ أَحْرَمْتُ مِنَ التَّنْعِيمِ بِعُمْرَةٍ فَدَخَلْتُ فَقَضَيْتُ عُمْرَتِي وَانْتَظَرَنِي رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم بِالأَبْطَحِ حَتَّى فَرَغْتُ وَأَمَرَ النَّاسَ بِالرَّحِيلِ . قَالَتْ وَأَتَى رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم الْبَيْتَ فَطَافَ بِهِ ثُمَّ خَرَجَ .
Moʻʼminlar onasi Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: U shunday dedi: Men Tanʼimdan umra niyatida ehrom bogʻladim, soʻng (Makkaga) kirib umramni ado etdim. Rasululloh ﷺ men (umrani) bitirgunimcha Abtahda meni kutib turdilar va odamlarga (Madinaga) joʻnashga buyurdilar. (Oisha) dedi: Rasululloh ﷺ Baytga (Kaʼbaga) keldilar va uni tavof qildilar, soʻngra chiqib (ketdilar).