حَدَّثَنَا الْقَعْنَبِيُّ، حَدَّثَنَا عَبْدُ الْعَزِيزِ، - يَعْنِي الدَّرَاوَرْدِيَّ - عَنْ عَبْدِ الرَّحْمَنِ بْنِ حُمَيْدٍ، أَنَّهُ سَمِعَ عُمَرَ بْنَ عَبْدِ الْعَزِيزِ، يَسْأَلُ السَّائِبَ بْنَ يَزِيدَ هَلْ سَمِعْتَ فِي الإِقَامَةِ، بِمَكَّةَ شَيْئًا قَالَ أَخْبَرَنِي ابْنُ الْحَضْرَمِيِّ، أَنَّهُ سَمِعَ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم يَقُولُ " لِلْمُهَاجِرِينَ إِقَامَةٌ بَعْدَ الصَّدَرِ ثَلاَثًا " .
Abdurrahmon ibn Humayddan rivoyat qilinishicha, u Umar ibn Abdulaziz (rahimahulloh)ning Soib ibn Yaziddan: «Makkada (haj amallari tugagandan keyin) turish haqida biror narsa eshitganmisan?» deb soʻraganini eshitgan. U: «Menga Ibn al-Hazramiy xabar berdiki, u Rasulullohni ﷺ: ‹Muhojirlar uchun (vidolashuv tavofi boʻlmish) sadr (tavofidan) keyin uch kun turish (ruxsat etilgan)›, deyayotganlarini eshitgan», dedi.