حَدَّثَنَا عَبْدُ اللَّهِ بْنُ مُحَمَّدِ بْنِ إِسْحَاقَ الأَذْرَمِيُّ، حَدَّثَنَا عَبْدُ الرَّحْمَنِ بْنُ مَهْدِيٍّ، عَنْ مَالِكٍ، بِهَذَا الْحَدِيثِ لَمْ يَذْكُرِ السَّوَارِيَ قَالَ ثُمَّ صَلَّى وَبَيْنَهُ وَبَيْنَ الْقِبْلَةِ ثَلاَثَةُ أَذْرُعٍ .
Molik (rahimahulloh)dan ushbu hadis (boshqa sanad bilan) rivoyat qilingan boʻlib, unda u (Abdurrahmon ibn Mahdiy) ustunlarni zikr qilmadi. U: «Soʻng u zot ﷺ namoz oʻqidilar, u zot bilan qibla orasida uch tirsak (masofa) bor edi», dedi.