قَالَ أَبُو دَاوُدَ كَتَبَ إِلَىَّ حُسَيْنُ بْنُ حُرَيْثٍ الْمَرْوَزِيُّ حَدَّثَنَا الْفَضْلُ بْنُ مُوسَى، عَنِ الْحُسَيْنِ بْنِ وَاقِدٍ، عَنْ عُمَارَةَ بْنِ أَبِي حَفْصَةَ، عَنْ عِكْرِمَةَ، عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ، قَالَ جَاءَ رَجُلٌ إِلَى النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم فَقَالَ إِنَّ امْرَأَتِي لاَ تَمْنَعُ يَدَ لاَمِسٍ . قَالَ " غَرِّبْهَا " . قَالَ أَخَافُ أَنْ تَتْبَعَهَا نَفْسِي . قَالَ " فَاسْتَمْتِعْ بِهَا " .
Abu Dovud aytadi: Husayn ibn Hurays al-Marvaziy menga (xat orqali) yozib yuborganki: Bizga Fazl ibn Muso Husayn ibn Voqiddan, u Umora ibn Abu Hafsadan, u Ikrimadan, u Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qildi. U zot aytadi: Bir kishi Paygʻambar ﷺ ning huzurlariga kelib: «Mening xotinim oʻziga (qoʻl) tegizmoqchi boʻlganning qoʻlini qaytarmaydi (yaʼni begona erkaklardan oʻzini tiymaydi)», dedi. U zot: «Uni taloq qilib, (oʻzingdan) uzoqlashtir», dedilar. U: «Koʻnglim uning ortidan ergashib qolishidan qoʻrqaman», dedi. U zot: «Unday boʻlsa, undan (taloq qilmay) bahramand boʻlaver», dedilar.