حَدَّثَنَا أَحْمَدُ بْنُ مُحَمَّدِ بْنِ ثَابِتٍ الْمَرْوَزِيُّ، حَدَّثَنِي عَلِيُّ بْنُ حُسَيْنِ بْنِ وَاقِدٍ، عَنْ أَبِيهِ، عَنْ يَزِيدَ النَّحْوِيِّ، عَنْ عِكْرِمَةَ، عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ، قَالَ { لاَ يَحِلُّ لَكُمْ أَنْ تَرِثُوا النِّسَاءَ كَرْهًا وَلاَ تَعْضُلُوهُنَّ لِتَذْهَبُوا بِبَعْضِ مَا آتَيْتُمُوهُنَّ إِلاَّ أَنْ يَأْتِينَ بِفَاحِشَةٍ مُبَيِّنَةٍ } وَذَلِكَ أَنَّ الرَّجُلَ كَانَ يَرِثُ امْرَأَةَ ذِي قَرَابَتِهِ فَيَعْضُلُهَا حَتَّى تَمُوتَ أَوْ تَرُدَّ إِلَيْهِ صَدَاقَهَا فَأَحْكَمَ اللَّهُ عَنْ ذَلِكَ وَنَهَى عَنْ ذَلِكَ .
Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: {Ayollarni majburlab meros qilib olishingiz sizlarga halol emas, ularga bergan narsalaringizning baʼzisini olib qoʻyish uchun ularni (turmushga chiqishdan) toʻsib qoʻymanglar — ochiq buzuqlik qilsalar, boshqa gap} (oyatini oʻqib) dedi: «Bunga sabab shuki, bir kishi oʻz qarindoshining xotinini meros qilib olar, soʻng u ayol oʻlguncha yoki mahrini qaytarib bergunicha uni (turmushdan) toʻsib turar edi. Bas, Alloh bu haqda hukm chiqarib, undan qaytardi».