حَدَّثَنَا أَحْمَدُ بْنُ صَالِحٍ، حَدَّثَنَا عَبْدُ الرَّزَّاقِ، أَخْبَرَنَا ابْنُ جُرَيْجٍ، أَخْبَرَنِي إِبْرَاهِيمُ بْنُ مَيْسَرَةَ، أَنَّ خَالَتَهُ، أَخْبَرَتْهُ عَنِ امْرَأَةٍ، قَالَتْ هِيَ مُصَدَّقَةٌ امْرَأَةُ صِدْقٍ قَالَتْ بَيْنَا أَبِي فِي غَزَاةٍ فِي الْجَاهِلِيَّةِ إِذْ رَمِضُوا فَقَالَ رَجُلٌ مَنْ يُعْطِينِي نَعْلَيْهِ وَأُنْكِحُهُ أَوَّلَ بِنْتٍ تُولَدُ لِي فَخَلَعَ أَبِي نَعْلَيْهِ فَأَلْقَاهُمَا إِلَيْهِ فَوُلِدَتْ لَهُ جَارِيَةٌ فَبَلَغَتْ وَذَكَرَ نَحْوَهُ وَلَمْ يَذْكُرْ قِصَّةَ الْقَتِيرِ .
Ibrohim ibn Maysara (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadiki, uning xolasi unga bir ayoldan xabar berdi — (rovi) uni: «U haqgoʻy ayol edi» dedi. (Oʻsha ayol) aytdi: «Otam johiliyatda bir gʻazotda boʻlganida, (yer juda qizib) odamlarning oyogʻini kuydirdi. Shunda bir kishi: ‹Kim menga oyoq kiyimini bersa, men unga tugʻiladigan birinchi qizimni uylantiraman?› dedi. Otam oyoq kiyimlarini yechib, unga tashladi. Soʻng uning bir qiz farzandi tugʻildi va u balogʻatga yetdi». (Rovi) shunga oʻxshash (voqeani) zikr qildi, lekin qariganlik qissasini (soch oqarishi haqidagisini) zikr qilmadi.