حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ عُبَيْدٍ، حَدَّثَنَا حَمَّادُ بْنُ زَيْدٍ، عَنْ أَيُّوبَ، عَنْ مُحَمَّدٍ، عَنْ أَبِي الْعَجْفَاءِ السُّلَمِيِّ، قَالَ خَطَبَنَا عُمَرُ رَحِمَهُ اللَّهُ فَقَالَ أَلاَ لاَ تُغَالُوا بِصُدُقِ النِّسَاءِ فَإِنَّهَا لَوْ كَانَتْ مَكْرُمَةً فِي الدُّنْيَا أَوْ تَقْوَى عِنْدَ اللَّهِ لَكَانَ أَوْلاَكُمْ بِهَا النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم مَا أَصْدَقَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم امْرَأَةً مِنْ نِسَائِهِ وَلاَ أُصْدِقَتِ امْرَأَةٌ مِنْ بَنَاتِهِ أَكْثَرَ مِنْ ثِنْتَىْ عَشْرَةَ أُوقِيَّةً .
Abul Ajfo as-Sulamiy (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadi: «Umar (roziyallohu anhu) bizga xutba qilib, dedi: ‹Ogoh boʻlinglar, ayollarning mahrini koʻtarib yubormanglar (oshirib yubormanglar). Chunki, agar u dunyoda biror sharaf yoki Alloh huzurida taqvo boʻlganida edi, unga (mahrni oshirishga) sizlarning eng haqlirogʻingiz Paygʻambar ﷺ boʻlardilar. Holbuki, Rasululloh ﷺ oʻz xotinlaridan birortasiga oʻn ikki uqiyadan ortiq mahr bermadilar va u zotning qizlaridan birortasiga ham oʻn ikki uqiyadan ortiq mahr berilmadi›».