حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ بَشَّارٍ، حَدَّثَنَا أَبُو عَاصِمٍ، حَدَّثَنَا عِمْرَانُ، عَنْ قَتَادَةَ، عَنْ عَبْدِ رَبِّهِ، عَنْ أَبِي عِيَاضٍ، عَنِ ابْنِ مَسْعُودٍ، أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم كَانَ إِذَا تَشَهَّدَ ذَكَرَ نَحْوَهُ وَقَالَ بَعْدَ قَوْلِهِ " وَرَسُولُهُ " . " أَرْسَلَهُ بِالْحَقِّ بَشِيرًا وَنَذِيرًا بَيْنَ يَدَىِ السَّاعَةِ مَنْ يُطِعِ اللَّهَ وَرَسُولَهُ فَقَدْ رَشَدَ وَمَنْ يَعْصِهِمَا فَإِنَّهُ لاَ يَضُرُّ إِلاَّ نَفْسَهُ وَلاَ يَضُرُّ اللَّهَ شَيْئًا " .
Ibn Masʼud (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadiki, Rasululloh ﷺ tashahhud aytganlarida buning oʻxshashini zikr qilar edilar, va «Uning Rasulidir» degan soʻzlaridan keyin (shularni) dedilar: «(Alloh) uni haq bilan, qiyomat oldidan suyunchi beruvchi va ogohlantiruvchi qilib yubordi. Kim Allohga va Uning Rasuliga itoat etsa, bas, u toʻgʻri yoʻlga yuribdi; kim u ikkalasiga osiy boʻlsa, bas, u faqat oʻziga zarar yetkazadi, Allohga esa zarracha zarar yetkaza olmaydi».