حَدَّثَنَا يَحْيَى بْنُ مَعِينٍ، وَمُحَمَّدُ بْنُ عِيسَى، - الْمَعْنَى - قَالاَ حَدَّثَنَا عَبَّادُ بْنُ عَبَّادٍ، عَنْ عَاصِمٍ، عَنْ مُعَاذَةَ، عَنْ عَائِشَةَ، قَالَتْ كَانَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم يَسْتَأْذِنُنَا إِذَا كَانَ فِي يَوْمِ الْمَرْأَةِ مِنَّا بَعْدَ مَا نَزَلَتْ { تُرْجِي مَنْ تَشَاءُ مِنْهُنَّ وَتُؤْوِي إِلَيْكَ مَنْ تَشَاءُ } قَالَتْ مُعَاذَةُ فَقُلْتُ لَهَا مَا كُنْتِ تَقُولِينَ لِرَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم قَالَتْ كُنْتُ أَقُولُ إِنْ كَانَ ذَلِكَ إِلَىَّ لَمْ أُوثِرْ أَحَدًا عَلَى نَفْسِي .
Yahyo ibn Main va Muhammad ibn Iso Abbod ibn Abboddan, u Osimdan, u Muozadan, u Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qiladilar. U: «{Ulardan xohlaganingni (navbatdan) keyinga surasan va xohlaganingni oʻzingga yaqin tutasan} (Ahzob 51) oyati nozil boʻlgandan keyin, Rasululloh ﷺ bizning birortamizning navbat kunimiz boʻlsa, (boshqa ayolnikiga oʻtish uchun) bizdan ruxsat soʻrar edilar», dedi. Muoza aytdi: «Men unga: ‹Siz Rasululloh ﷺ ga nima deb aytar edingiz?› dedim. U: ‹Men: ‹Agar bu ish menga bogʻliq boʻlsa, hech kimni oʻzimdan afzal koʻrmas edim›, deb aytardim›, dedi».