حَدَّثَنَا ابْنُ بَشَّارٍ، حَدَّثَنَا يَحْيَى بْنُ سَعِيدٍ، حَدَّثَنَا بَهْزُ بْنُ حَكِيمٍ، حَدَّثَنِي أَبِي، عَنْ جَدِّي، قَالَ قُلْتُ يَا رَسُولَ اللَّهِ نِسَاؤُنَا مَا نَأْتِي مِنْهُنَّ وَمَا نَذَرُ قَالَ " ائْتِ حَرْثَكَ أَنَّى شِئْتَ وَأَطْعِمْهَا إِذَا طَعِمْتَ وَاكْسُهَا إِذَا اكْتَسَيْتَ وَلاَ تُقَبِّحِ الْوَجْهَ وَلاَ تَضْرِبْ " . قَالَ أَبُو دَاوُدَ رَوَى شُعْبَةُ " تُطْعِمُهَا إِذَا طَعِمْتَ وَتَكْسُوهَا إِذَا اكْتَسَيْتَ " .
Ibn Bashshor Yahyo ibn Saiddan, u Bahz ibn Hakimdan, u otasidan, u bobosi (Muoviya ibn Hayda) (roziyallohu anhu)dan rivoyat qiladi. U dedi: «Men: ‹Ey Rasululloh, xotinlarimizga qanday yaqinlashamiz va ulardan nimani tark etamiz?› dedim. U zot: «Ekinzoringga (yaʼni xotiningga) xohlaganingcha (yoʻl orqali) kelgin, oʻzing yeganingda unga taom bergin, oʻzing kiyganingda unga kiydirgin, yuzini qabihlama va urma», dedilar. Abu Dovud aytdi: Shuʼba: «Oʻzing yeganingda unga taom berishing va oʻzing kiyganingda unga kiydirishing», deb rivoyat qildi.