حَدَّثَنَا مُسَدَّدٌ، حَدَّثَنَا يَحْيَى، عَنْ جَابِرِ بْنِ صُبْحٍ، قَالَ سَمِعْتُ خِلاَسًا الْهَجَرِيَّ، قَالَ سَمِعْتُ عَائِشَةَ، - رضى الله عنها - تَقُولُ كُنْتُ أَنَا وَرَسُولُ اللَّهِ، صلى الله عليه وسلم نَبِيتُ فِي الشِّعَارِ الْوَاحِدِ وَأَنَا حَائِضٌ طَامِثٌ فَإِنْ أَصَابَهُ مِنِّي شَىْءٌ غَسَلَ مَكَانَهُ وَلَمْ يَعْدُهُ وَإِنْ أَصَابَ - تَعْنِي ثَوْبَهُ - مِنْهُ شَىْءٌ غَسَلَ مَكَانَهُ وَلَمْ يَعْدُهُ وَصَلَّى فِيهِ .
Xilos al-Hajariy aytdi: Men Oisha (roziyallohu anho)ning shunday deganlarini eshitdim: «Men hayz koʻrgan, qon kelayotgan holimda Rasululloh ﷺ bilan bitta choyshab (ich kiyim) ichida tunar edik. Agar mendan u zotga biror narsa tegsa, oʻsha joyni yuvar, undan boshqa joyni yuvmas edilar. Agar undan — yaʼni u zotning kiyimlaridan — biror narsa (menga) tegsa, oʻsha joyni yuvar, undan boshqa joyni yuvmas edilar va oʻsha (kiyim)da namoz oʻqir edilar».