حَدَّثَنَا الْقَعْنَبِيُّ، عَنْ مَالِكٍ، عَنْ نَافِعٍ، عَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ عُمَرَ، أَنَّهُ طَلَّقَ امْرَأَتَهُ وَهِيَ حَائِضٌ عَلَى عَهْدِ رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم فَسَأَلَ عُمَرُ بْنُ الْخَطَّابِ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم عَنْ ذَلِكَ فَقَالَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم " مُرْهُ فَلْيُرَاجِعْهَا ثُمَّ لْيُمْسِكْهَا حَتَّى تَطْهُرَ ثُمَّ تَحِيضَ ثُمَّ تَطْهُرَ ثُمَّ إِنْ شَاءَ أَمْسَكَ بَعْدَ ذَلِكَ وَإِنْ شَاءَ طَلَّقَ قَبْلَ أَنْ يَمَسَّ فَتِلْكَ الْعِدَّةُ الَّتِي أَمَرَ اللَّهُ سُبْحَانَهُ أَنْ تُطَلَّقَ لَهَا النِّسَاءُ " .
Abdulloh ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadiki, u Rasululloh ﷺ zamonlarida xotinini hayz koʻrgan holida taloq qildi. Shunda Umar ibn al-Xattob (roziyallohu anhu) bu haqda Rasululloh ﷺdan soʻradi. Rasululloh ﷺ shunday dedilar: «Unga buyurgin, xotinini qaytarib olsin, soʻngra uni pok boʻlguniga qadar (oʻzida) ushlab tursin, soʻngra (yana) hayz koʻrsin, soʻngra (yana) pok boʻlsin. Soʻngra istasa shundan keyin (oʻzida) ushlab tursin, istasa unga tegmasdan turib taloq qilsin. Mana shu Alloh subhanahu ayollarni taloq qilish (vaqti) qilib buyurgan iddadir».