حَدَّثَنَا أَحْمَدُ بْنُ صَالِحٍ، حَدَّثَنَا عَنْبَسَةُ، حَدَّثَنَا يُونُسُ، عَنِ ابْنِ شِهَابٍ، أَخْبَرَنِي سَالِمُ بْنُ عَبْدِ اللَّهِ، عَنْ أَبِيهِ، أَنَّهُ طَلَّقَ امْرَأَتَهُ وَهِيَ حَائِضٌ فَذَكَرَ ذَلِكَ عُمَرُ لِرَسُولِ صلى الله عليه وسلم فَتَغَيَّظَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم ثُمَّ قَالَ " مُرْهُ فَلْيُرَاجِعْهَا ثُمَّ لْيُمْسِكْهَا حَتَّى تَطْهُرَ ثُمَّ تَحِيضَ فَتَطْهُرَ ثُمَّ إِنْ شَاءَ طَلَّقَهَا طَاهِرًا قَبْلَ أَنْ يَمَسَّ فَذَلِكَ الطَّلاَقُ لِلْعِدَّةِ كَمَا أَمَرَ اللَّهُ عَزَّ وَجَلَّ " .
Solim ibn Abdulloh (rahimahulloh) otasi (Abdulloh ibn Umar) (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qiladiki, u xotinini hayz koʻrgan holida taloq qildi. Shunda Umar (roziyallohu anhu) buni Rasululloh ﷺga aytdi. Rasululloh ﷺ gʻazablandilar, soʻngra shunday dedilar: «Unga buyurgin, xotinini qaytarib olsin, soʻngra uni pok boʻlguniga qadar (oʻzida) ushlab tursin, soʻngra (yana) hayz koʻrib, (yana) pok boʻlsin. Soʻngra istasa, unga tegishidan oldin pok holida taloq qilsin. Mana shu Alloh azza va jalla buyurgani kabi idda (vaqti) uchun qilingan taloqdir».