حَدَّثَنَا بِشْرُ بْنُ هِلاَلٍ، أَنَّ جَعْفَرَ بْنَ سُلَيْمَانَ، حَدَّثَهُمْ عَنْ يَزِيدَ الرِّشْكِ، عَنْ مُطَرِّفِ بْنِ عَبْدِ اللَّهِ، أَنَّ عِمْرَانَ بْنَ حُصَيْنٍ، سُئِلَ عَنِ الرَّجُلِ، يُطَلِّقُ امْرَأَتَهُ ثُمَّ يَقَعُ بِهَا وَلَمْ يُشْهِدْ عَلَى طَلاَقِهَا وَلاَ عَلَى رَجْعَتِهَا فَقَالَ طَلَّقْتَ لِغَيْرِ سُنَّةٍ . وَرَاجَعْتَ لِغَيْرِ سُنَّةٍ أَشْهِدْ عَلَى طَلاَقِهَا وَعَلَى رَجْعَتِهَا وَلاَ تَعُدْ .
Mutarrif ibn Abdulloh (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadiki, Imron ibn Husayn (roziyallohu anhu)dan: xotinini taloq qiladigan, soʻngra (qaytarib olmay turib) u bilan jinsiy aloqada boʻladigan, ammo na taloqiga, na qaytarib olganiga guvoh chaqirmaydigan kishi haqida soʻraldi. U shunday dedi: «Sunnatga xilof (oʻlaroq) taloq qilibsan va sunnatga xilof (oʻlaroq) qaytarib olibsan. (Endi) taloqiga va qaytarib olganingga guvoh chaqir va (bunday qilishni boshqa) qaytarma».