قَالَ أَبُو دَاوُدَ قَرَأْتُ عَلَى مُحَمَّدِ بْنِ وَزِيرٍ الْمِصْرِيِّ قُلْتُ لَهُ حَدَّثَكُمْ بِشْرُ بْنُ بَكْرٍ، حَدَّثَنَا الأَوْزَاعِيُّ، حَدَّثَنَا عَطَاءٌ، عَنْ أَوْسٍ، أَخِي عُبَادَةَ بْنِ الصَّامِتِ أَنَّ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم أَعْطَاهُ خَمْسَةَ عَشَرَ صَاعًا مِنْ شَعِيرٍ إِطْعَامُ سِتِّينَ مِسْكِينًا . قَالَ أَبُو دَاوُدَ وَعَطَاءٌ لَمْ يُدْرِكْ أَوْسًا وَهُوَ مِنْ أَهْلِ بَدْرٍ قَدِيمُ الْمَوْتِ وَالْحَدِيثُ مُرْسَلٌ وَإِنَّمَا رَوَوْهُ عَنِ الأَوْزَاعِيِّ عَنْ عَطَاءٍ أَنَّ أَوْسًا .
Abu Dovud (rahimahulloh) dedi: Men Muhammad ibn Vazir al-Misriyga qiroat qilib oʻqib berdim va unga: «Sizlarga Bishr ibn Bakr rivoyat qildi», dedim. (Bishr ibn Bakr aytdi:) Bizga Avzoiy rivoyat qilib aytdi: Bizga Ato rivoyat qilib aytdi: U Uboda ibn Somitning ukasi Avsdan rivoyat qildiki, Nabiy ﷺ unga oltmish nafar miskinni taomlantirish uchun oʻn besh soʼ arpa berdilar. Abu Dovud (rahimahulloh) dedi: Ato Avs (ibn Somit)ga yetishmagan, u Badr ahlidan boʻlib, erta vafot etgan. Shuning uchun bu hadis mursaldir. Buni faqat Avzoiydan, u Atodan rivoyat qilib, Avs (haqida) keltirganlar.