حَدَّثَنَا مُوسَى بْنُ إِسْمَاعِيلَ، حَدَّثَنَا حَمَّادٌ، عَنْ خَالِدٍ الْحَذَّاءِ، عَنْ عِكْرِمَةَ، عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ، أَنَّ مُغِيثًا، كَانَ عَبْدًا فَقَالَ يَا رَسُولَ اللَّهِ اشْفَعْ لِي إِلَيْهَا . فَقَالَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم " يَا بَرِيرَةُ اتَّقِي اللَّهَ فَإِنَّهُ زَوْجُكِ وَأَبُو وَلَدِكِ " . فَقَالَتْ يَا رَسُولَ اللَّهِ أَتَأْمُرُنِي بِذَلِكَ قَالَ " لاَ إِنَّمَا أَنَا شَافِعٌ " . فَكَانَ دُمُوعُهُ تَسِيلُ عَلَى خَدِّهِ فَقَالَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم لِلْعَبَّاسِ " أَلاَ تَعْجَبُ مِنْ حُبِّ مُغِيثٍ بَرِيرَةَ وَبُغْضِهَا إِيَّاهُ " .
Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadiki, Mugʻiys qul edi. U: «Yo Rasululloh, men uchun unga (Bariraga) shafoat qiling», dedi. Shunda Rasululloh ﷺ: «Ey Barira, Allohdan qoʻrqgin, axir u sening ering va bolangning otasidir», dedilar. U (ayol): «Yo Rasululloh, menga buni buyuryapsizmi?» dedi. U zot: «Yoʻq, men faqat shafoatchiman», dedilar. (Mugʻiysning) koʻz yoshlari yuzidan oqib tushar edi. Shunda Rasululloh ﷺ Abbosga: «Mugʻiysning Bariraga boʻlgan muhabbatidan va (Barira)ning unga boʻlgan nafratidan taajjublanmaysanmi?» dedilar.