حَدَّثَنَا عُثْمَانُ بْنُ أَبِي شَيْبَةَ، حَدَّثَنَا وَكِيعٌ، عَنْ إِسْرَائِيلَ، عَنْ سِمَاكٍ، عَنْ عِكْرِمَةَ، عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ، أَنَّ رَجُلاً، جَاءَ مُسْلِمًا عَلَى عَهْدِ رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم ثُمَّ جَاءَتِ امْرَأَتُهُ مُسْلِمَةً بَعْدَهُ فَقَالَ يَا رَسُولَ اللَّهِ إِنَّهَا قَدْ كَانَتْ أَسْلَمَتْ مَعِي . فَرَدَّهَا عَلَيْهِ .
Abdulloh ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadiki, bir kishi Rasululloh ﷺ zamonida musulmon boʻlib keldi, soʻngra undan keyin xotini musulmon boʻlib keldi. Shunda u: «Yo Rasululloh, u men bilan birga islom qabul qilgan edi», dedi. Bas, u zot (xotinni) unga qaytarib berdilar.